четверг, 22 марта 2012 г.

Sog'inch

   Qiziq. Hech qachon bahorni bunchalik intizorlik bilan kutmagandim. Tavba qildim, ammo sovuqdan, ayozli kunlardan bezidim. Har faslning o'z gashti bor deyilganidek, qish ham, bahor ham o'z vaqtida kirib kelsa edi.   Issiq kunlarni, yam-yashil dalalarni, bahor yomg'irini, ayniqsa, lola saylini judayam sog'indim. Bahorning deyarli 1/3 qismi o'tib ketgan bo'lsada, havo hali ham sovuq, quyosh esa nomiga nur sochmoqda...
   Yurtimizda yangilanish bayrami "Navro'z" shukuxi urib turgan bo'lsada, negadir ko'chalar jimjit, sokin, xuddi hech kim bahorni kutib olishni istamayotgandek! Balki bu havo hali ham ilimaganidandir,yana bilmadim...
    Bayram munosabati bilan 3 kunlik ta'til berildi. Lekin men shu imkoniyatdan foydalanib sayr qilish o'rniga, uyda o'tiribman, ko'chaga chiqqim kelmayapti. Sovuqdan o'qishga ham borgim yo'q! Shuning uchun tezroq kunlar isishini, daraxtlarning gullab shirin ifor taratishini xohlayapman. Bahor tezroq mehrga, sevgiga to'la bag'ringni och, tezroq shahrimga kirib kel, seni sog'indiiiiimm........

вторник, 20 марта 2012 г.

Ilk qadam

  
    Bugun men qo'lyozma kundaligimni elektron kundalikka aylantirdim.Ko'nikishim oson bo'lmasa-da, qayerda va qachon bo'lsa ham o'z quvonch va dardlarimni bemalol yoza olaman. Muhimi shunda!!!